1-mavsum · 10 qism
Mavsum rejasi
Har bir qism bitta savolga javob beradi va bitta keng tarqalgan mifni buzadi. Oxirgi qism mavsumning katta savoliga javob beradi: AI oʻylaydimi?
- 01Chiqdi11-oktabr, 2026Sunʼiy intellekt nima? ChatGPT qanday ishlaydi?Mif:
ChatGPT javobni qayerdandir tayyor holda topib beradi. - 02Chiqdi21-oktabr, 2026Mashhur AI modellar: qaysi biri eng zoʻr?Mif:
Sunʼiy intellekt degani bu ChatGPT. - 03Tez oradaAI modellari qanday yaratiladi?Mif:
AIʼning javoblarini dasturchilar qatorma-qator kod yozib tayyorlab qoʻyadi. - 04RejadaAI bilan toʻgʻri gaplashishMif:
AIʼdan yaxshi javob olish uchun maxsus sehrli soʻzlar kerak. Yoki u faqat ingliz tilini yaxshi tushunadi. - 05RejadaNega AI ishonch bilan xato gapiradi?Mif:
Kompyuter xato qilmaydi. AI bilmasa, «bilmayman» deydi. - 06RejadaAI sizni eslab qoladimi?Mif:
AI har bir suhbatdan oʻrganadi va kundan kunga aqlli boʻlib boradi. - 07RejadaKoʻzingizga ishonmang: deepfakeMif:
Soxta video yoki ovozni men darhol bilib olaman. - 08RejadaAI agentlarMif:
AI oʻz xohishi bilan ish qiladi va uni hech kim boshqarmaydi. - 09RejadaAI ishingizni oladimi?Mif:
AI hammani ishsiz qoldiradi. Yoki aksincha: mening ishimga taʼsiri yoʻq. - 10RejadaAI oʻylaydimi?Mif:
AI shunchaki avtomatik toʻldirish. Yoki aksincha: u allaqachon xuddi odamdek oʻylaydi va his qiladi.
2-mavsum: «AIʼning ichida»
Birinchi mavsumda AI nima qila olishini koʻramiz. Ikkinchi mavsumda uning ichiga kiramiz: qanday qilib soʻzlar raqamga aylanadi, rasm shovqindan qanday chiziladi va nega AI shunchalik koʻp elektr sarflaydi.
- Embedding: soʻzlar raqamga qanday aylanadi
- GPTʼdagi «T»: Transformer va diqqat mexanizmi
- Diffuziya: AI rasmni shovqindan qanday chizadi
- Nega AI doim xushmuomala?
- Tokenlar: nega AI harflarni sanashda adashardi
- RAG: oʻz hujjatlaringiz bilan ishlaydigan AI
- Ochiq modelni oʻz kompyuteringizda ishga tushirish
- AI qancha elektr va suv sarflaydi
- Nega aynan GPU va Nvidia?
- Oʻzbek tili va AI: nega maʼlumot kam va qanday yordam berish mumkin
Reja oʻzgarishi mumkin. Qaysi mavzuni birinchi koʻrishni xohlaysiz? Videolar ostidagi izohlarda yozing.