Muallif
Loyiha va muallif haqida
Men dasturchiman. Bu seriyani bitta maqsadda boshladim: sunʼiy intellekt haqidagi bilim oʻzbek tilida ham oddiy va tushunarli boʻlsin.
Salom! Men Abdurashid, kasbim dasturchi. Kundalik ishimda sunʼiy intellekt vositalaridan koʻp foydalanaman va har safar bir narsani sezaman: bu mavzuda oʻzbek tilida oddiy, ishonchli maʼlumot juda kam.
SIOT (Sunʼiy Intellekt Oson Tilda) shu boʻshliqni toʻldirish uchun boshlandi. Har bir qismda bitta savolga javob beraman: AI qanday ishlaydi, qaysi vosita nimaga yaraydi, qayerda adashadi va undan qanday toʻgʻri foydalanish kerak.
Qoidalarimiz
- Oddiy til. Murakkab atama ishlatsak, darhol tushuntiramiz. Barcha atamalar AI lugʻatida jamlangan.
- Tekshirilgan faktlar. Videoda raqam yoki daʼvo aytilsa, manbasi saytdagi maqolada koʻrsatiladi. Xato qilsam, «Pauza» kartasida toʻxtab, ochiq tuzataman.
- Reklama emas, foyda. Qaysi AI yaxshi ekanini emas, qaysi biri sizning ishingizga mos ekanini aytamiz.
- Ochiqlik. Videolarni tayyorlashda AI vositalaridan (ovoz, rasm, montaj) foydalanaman va buni yashirmayman.
Qayerda kuzatish mumkin
Toʻliq versiyalar YouTubeʼda, qisqa vertikal versiyalar Instagramʼda chiqadi. Har bir qismning yozma maqolasi, manbalari va atamalari shu saytda.
Bogʻlanish
Taklif, savol yoki hamkorlik boʻyicha Instagram yoki YouTube orqali yozing. Keyingi qismlarda qaysi mavzuni koʻrishni xohlaysiz? Izohlarda yozing, eng koʻp soʻralgan mavzular rejaga qoʻshiladi.
