4-qism · 1-mavsumRejada
AI bilan toʻgʻri gaplashish
Bir xil savol, bir xil AI, lekin javoblar yer bilan osmoncha farq qiladi.
Bu qism hozir tayyorlanmoqda. Chiqqanini birinchi boʻlib koʻrish uchun kuzatib boring:
MifAIʼdan yaxshi javob olish uchun maxsus sehrli soʻzlar kerak. Yoki u faqat ingliz tilini yaxshi tushunadi.
HaqiqatSehr soʻzda emas, aniqlikda. AIʼga savol emas, topshiriq bering. Bugungi modellar oʻzbek tilini ham ancha yaxshi tushunadi.
AIʼni juda aqlli, lekin sizni umuman tanimaydigan yangi xodim deb tasavvur qiling. U kimligingizni ham, maqsadingizni ham bilmaydi. Unga qanday tushuntirsangiz, shunday ish olasiz.
Bu qismda bitta oddiy vazifani ikki xil soʻraymiz: Toshkentda kichik non doʻkoni ochish uchun biznes reja. Avval koʻpchilik yozganidek qisqa, keyin batafsil. Ikki natija orasidagi farqni oʻzingiz koʻrasiz.
Qismda shu savollarga javob bor:
- Yaxshi soʻrov qaysi toʻrt qismdan iborat?
- AIʼga kerakli uslubni qanday tez oʻrgatish mumkin?
- Birinchi javob yoqmasa, nima qilish kerak?
- Oʻzbekcha soʻragan yaxshimi yoki inglizcha?
- Rasm va video uchun ham shu qoidalar ishlaydimi?